So'rov qoldirish

Har bir tashrif o'z vaqtida.

Sartaroshxona, go'zallik saloni va klinikalar uchun Telegram bron tizimi. Mijoz botda yoziladi, usta o'z jadvalini ko'radi, siz esa ishingizni qilasiz.

Tashrif ilovasi: bugungi bronlar va tezkor tugmalar

O'zbekcha va ruscha. Telefonda, planshetda va kompyuterda. Dastlabki 14 kun sinov muddati bepul.

Hammasi bir joyda

Bron qabul qilishdan hisobotgacha: daftar va qo'ng'iroqlarsiz.

Yangi bron: usta, xizmat va bo'sh vaqtlar

Uch qadamda ishga tushadi

Avval botingizni ulang.

Telegramda @BotFather orqali o'z botingizni yarating va tokenini Tashrifga joylang. Mijozlar sizning nomingizdagi botda yoziladi.

Botni ulash ekrani

Keyin xizmat va ustalarni qo'shing.

Har bir xizmatning narxi va davomiyligini kiriting, ustalarga ish soatlari va dam olish kunlarini belgilang. Har bir usta o'z botiga kirib, o'z jadvalini ko'radi.

Xizmatlar ro'yxati narx va davomiyligi bilan

Shundan so'ng mijozlar yoziladi.

Havolani mijozlaringizga yuboring. Bronlar jadvalga tushadi, ustalar bandligi esa bir qarashda ko'rinadi.

Kunlik jadval, ustalar bandligi

Mijoz bronni shunday yozadi

Namuna: soat 13:12, uchta xizmat, ikki usta. Tanlab ko'ring.

Xizmat
Usta
Bo'sh vaqtlar
Premium Barberbot

Biznesingizni ulaymiz

Qisqa so'rov qoldiring. Biz siz bilan bog'lanib, botingizni ulashga yordam beramiz.

  • Siz so'rov yuborasiz. Ism, telefon va biznes nomi yetarli.
  • Biz bog'lanamiz. Biznesingiz uchun tizim tayyorlanadi.
  • Sinov boshlanadi. Dastlabki 14 kun bepul.

Kimlar uchun

Savollar va javoblar

Mijoz ilova yuklab olishi kerakmi? Yo'q. Mijoz Telegramda sizning botingizni ochadi va shu yerning o'zida bron qiladi.

Mening botim bo'ladimi? Ha. Botni o'zingiz yaratasiz va Tashrifga ulaysiz, shuning uchun mijoz sizning nomingizni ko'radi.

Mijoz Telegramda bo'lmasa-chi? Usta uni "Yangi bron" yoki "Hozir keldi" orqali o'zi yozadi. Telefon raqam rozilik bilan saqlanadi.

Kompyuterda ishlaydimi? Ha. Botga /kod yozasiz, kelgan kodni brauzerda kiritasiz. Ilovani telefon yoki kompyuterga o'rnatib ham olasiz.

Mijoz kelmasa nima bo'ladi? Eslatma xabari boradi. Kelmagan bo'lsa, vaqt o'tgach belgilaysiz. Kelmaganlar soni bir chegaradan oshsa, mijoz bron qila olmaydi: chegarani o'zingiz tanlaysiz.

Narxi qancha? Dastlabki 14 kun sinov muddati bepul. Tariflar haqidagi ma'lumotni Telegram kanalimizda yozib boramiz.

Mijozlar ma'lumoti kimniki? Sizniki. Mijozlar va bronlarni istalgan vaqt CSV faylga yuklab olasiz.

Ma'lumotlar xavfsizmi? Bot tokeni shifrlangan holda saqlanadi, ma'lumotlar zaxirasi muntazam olinadi, ruxsatlar rol bo'yicha ajratilgan.

Oldindan to'lov yoki depozit bormi? Hozircha yo'q. Kelmaganlarga qarshi eslatmalar, kutish muddati va avtomatik blok ishlaydi.

Qaysi tillarda ishlaydi? O'zbekcha va ruscha. Mijoz o'ziga qulay tilni tanlaydi.

Tashrif buyuring

Tashrifnoma ko'rishuvga kelganda beriladigan karta. Mana bizniki: kanalga kiring va savol bering.